TOShKENT, 10-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev prezident xavfsizlik xizmati boshlig‘i Abdurahim Mo‘minovni vazifasidan ozod etdi, deb xabar bermoqda mahalliy OAV.
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi saytidagi ma’lumotga ko‘ra, Mo‘minov favqulodda vaziyatlar profilaktikasi bo‘yicha vazir o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgan.
Ma’lum qilinishicha, Abdurahim Mo‘minov 2016-yildan beri prezident xavfsizlik xizmati boshlig‘i vazifasini bajarib kelgan.