Tojikiston fuqarosi ijtimoiy tarmoqdagi layklari uchun 10-yilni qamoqda o‘tkazadi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishDveri SIZO
Dveri SIZO - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston fuqarosi rasmiy Dushanbe tomonidan taqiqlangan Tojikiston islom uyg‘onish partiyasi yetakchisining chiqishlariga internetda "layk" bosish qonunga zid ekanidan bexabar bo‘lganini aytgan

TOShKENT, 10-may — Sputnik. Tojikiston fuqarosi ijtimoiy tarmoqlarda "boshqacha fikrlaydigan"larni qo‘llab-quvvatlab layk bosgani uchun 10-yilni qamoqda o‘tkazadigan bo‘ldi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.

"Xatlon viloyati Vaxsh tumani yashovchisi Alijon Sharipov ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy Dushanbe tomonidan taqiqlangan Tojikiston islom uyg‘onish partiyasi yetakchisi Muhiddin Kabiriy va mamlakat sobiq Mudofaa vaziri Abduxalim Nazarzodalarning chiqishlari aks ettirilgan videosujetlarga "Like" va "Klass" tugmalarini bosgani uchun yaqin 9,5 yilni panjara ortida o‘tkazadi", — deyiladi xabarda.

Sharipov 3-yanvar kuni o‘z tug‘ilgan joyi — Vaxsh tumanidagi Mexrobod qishlog‘ida qo‘lga olingan. So‘roq vaqtida u Kabiriy va Nazarzodalarning videolarini ko‘pincha tomosha qilib borganini, ammo bu qonunga zidligi haqida, hatto, shubha qilmaganligini aytib o‘tgan.

Yangiliklar lentasi
0