Suriyada Rossiyaning "Alligator" vertoloti halokatga uchradi: barcha uchuvchilar halok bo‘ldi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishVertolet Ka-52 "Alligator"
Vertolet Ka-52 Alligator - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu oy boshidan buyon rossiyalik harbiylarning Suriyadagi halokati bilan bog‘liq ikkinchi holatdir. 3-may kuni Rossiyaning Su-30SM qiruvchi samolyoti Xmeymim aerodromidan uchib chiqqanidan keyin qulab tushgan edi, ikkala uchuvchi ham voqea joyida halok bo‘lgan.

TOShKENT, 8-may — Sputnik. Suriyada Rossiyaning Ka-52 "Alligator" vertoloti halokatga uchradi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Mnogotselevoy istrebitel Su-30SM na sorevnovaniyax v ramkax Mejdunarodnogo konkursa «Aviadarts-2018» v Krasnodarskom krae - Sputnik O‘zbekiston
Suriyada Rossiyaning qiruvchi samolyoti halokatga uchradi: ikki nafar uchuvchi halok bo‘ldi

Rossiya mudofaa vazirligi dushanba kuni kechqurun Suriyada Ka-52 vertolotining ikki nafar uchuvchisi halok bo‘ldi.

Mudofaa vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, halokat sababi texnik nosozligi bo‘lishi mumkin.

Biroq hozircha bu norasmiy ma’lumot, mutaxassislar halokat sabablarini o‘rganib chiqishadi.

Qidiruv-qutqaruv guruhi ikki nafar uchuvchining jasadlarini aerodromga yetkazishdi.

Shu oy boshidan buyon rossiyalik harbiylarning Suriyadagi halokati bilan bog‘liq ikkinchi holatdir. 3-may kuni Rossiyaning Su-30SM qiruvchi samolyoti Xmeymim aerodromidan uchib chiqqanidan keyin qulab tushgan edi, ikkala uchuvchi ham voqea joyida halok bo‘lgan.

Rossiya mudofaa vazirligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, aviahalokatning sababi — samolyot dvigateliga qush kirib ketgan bo‘lishi mumkin. Samolyot hech qanday o‘q-otar hujum bo‘lmagan.

Yangiliklar lentasi
0