TOShKENT, 8-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin sobiq SSSR mamlakatlari yetakchilarini hamda Gruziya va Ukraina aholisini Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 73-yilligi bilan tabrikladi, deb xabar qilmoqda Kreml matbuot-xizmati.
Xabarda aytilishicha, Rossiya prezidenti Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Abxaziya, Janubiy Osetiya yetakchilari, shuningdek, Gruziya va Ukraina fuqarolariga o‘z tabriknomasini yo‘llagan.
"Rossiya prezidenti tabriknomasida G‘alaba kuni — Vatanni va butun insoniyatni fashizmdan qutqarish yo‘lida urush frontlarida yelkama-yelka kurashgan, front ortida katta jasorat bilan mehnat qilgan bizning xalqlarimizning tengsiz qahramonligi va birdamligi ramzi, muqaddas sana ekanligi qayd etilgan", — deyiladi xabarda.