TOShKENT, 8-may – Sputnik. Xotira va qadrlash kuni bayrami munosabati bilan Samarqand shahrida o‘tkaziladigan tadbirlar tufayli shahar markazidagi ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi, deb xabar qilmoqda shahar hokimiyati matbuot xizmati.
Jamoat tartibini saqlash hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida soat 08:00 dan 13:00 gacha shaharning quyidagi ko‘chalarida transport harakati to‘xtatiladi:
- Registon maydonidan (Registon ko‘chasi) Amir Temur maydonigacha bo‘lgan qismi;
- Amir Temur maydonidan viloyat musiqa va drama teatri oldidagi maydongacha bo‘lgan qismi;
- Ko‘ksaroy maydoni;
- Mirzo Ulug‘bek ko‘chasining Bo‘stonsaroy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Ko‘ksaroy maydonigacha bo‘lgan qismi;
- Universitet xiyoboni;
- G-34 yo‘lining Universitet xiyobonidan Muqimiy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
- Mahmud Koshg‘ariy ko‘chasining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Amir Temur ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
Eslatib o‘tamiz 9-may kuni Samarqand shahrida urush faxriylari bilan uchrashuv, harbiy parad, harbiy orkestr chiqishi va 5000 kishilik marafon o‘tkazilishi rejalashtirilgan.