Ayrim pudrat tashkilotlari uchun sement narxi belgilandi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishBetonirovanie pliti proyezjey chasti
Betonirovanie pliti proyezjey chasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shuningdek, sement uchun soliq solinuvchi baza miqdori bir tonna uchun 145 ming so‘mdan 280 ming so‘mgacha va klinker uchun 120 ming so‘mdan 260 ming so‘mgacha oshdi.

TOShKENT, 8-may — Sputnik. O‘zbekistonda bir qator pudrat tashkilotlari uchun sementning cheklangan narxi belgilandi. Bu O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 4-may kuni qabul qilingan "Ichki bozorni sement bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorida ko‘rsatilgan.

Rabochiy demonstriruyet produksiyu zavoda - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston aholisi arzon narxlarda sifatli sement mahsulotlari bilan ta’minlanadi

Hujjatga ko‘ra, monopol korxonalar yashash sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoji bor fuqarolar uchun arzon uy-joylar, ijtimoiy soha, transport infratuzilmasi va markazlashtirilgan manbalar hisobidan suv xo‘jaligi obyektlari qurilishini amalga oshiruvchi pudrat tashkilotlariga ikki tomonlama shartnomalar bo‘yicha 2 million tonna hajmida sement sotadi.

Sementning har bir tonnasi uchun narx 367 ming so‘mni tashkil etadi, bunda 100 foiz avvaldan pul to‘lanishi lozim.

Shuningdek, sement uchun soliq solinuvchi baza miqdori bir tonna uchun 145 ming so‘mdan 280 ming so‘mgacha va klinker uchun 120 ming so‘mdan 260 ming so‘mgacha oshdi.

Yangiliklar lentasi
0