9 may Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir, erta tongdan tantanali harbiy parad bilan boshlandi. Paradda O‘zbekiston Qurolli kuchlarining turli qushnlaridan iborat 1100 nafar harbiylar saf tortib o‘tishdi. Shuningdek, 30dan ortiq Ikkinchi Jahon urushi davriga oid harbiy texnika, piyodalar harbiy mashinalari va bronetransporterlar saf tortib o‘tishdi.
Shundan so‘ng tank biatloni bo‘ldib o‘tdi. Unda bir necha ekipajlar to‘siqlardan o‘tish, nishonga olish kabi mashqlarni bajarishdi.Biatlon g‘oliblarini tabriklash marosimidan so‘ng Qurolli kuchlar va milliy ijodiy guruhlar ishtirokida konsert dasturi va xalq sayli tashkil qilindi.