Moliya vazirligi qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarishni rejalashtirmoqda

© SputnikKupuri nomiralom patdesat tisach sum
Kupuri nomiralom patdesat tisach sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qimmatbaho qog‘ozlarni sotilishidan tushgan mablag‘ respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga yo‘naltiriladi.

TOShKENT, 7-may — Sputnik. Moliya vazirligi davlat qimmatbaho qog‘ozlarini chiqarishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi ushbu vazirlik matbuot xizmati.

Protsess proizvodstva sigaret. - Sputnik O‘zbekiston
Moliya vazirligi tamaki mahsulotlarining narxi 50 foizga ko‘tarilishini tasdiqlamadi

Qimmatbaho qog‘ozlarni sotilishidan tushgan mablag‘ respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga yo‘naltiriladi. Shuningdek, mutaxassislar jahon amaliyotida keng qo‘llanilayotgan obligatsiyalarni chiqarish masalasini ham ko‘rib chiqishmoqda.

2011 yilda O‘zbekistonda qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarish to‘xtatilgan. 1996-2011 yillar davomida Moliya vazirligi tomonidan umumiy qiymati 803 milliard so‘mlik qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarilgan. O‘rtacha yillik qiymati 50 milliard so‘mni tashkil qildi.

Markaziy bank mart oyi yakunida pul-kredit siyosatini rivojlantirish va amalga oshirish konsepsiyani e’lon qilgandi. Unda qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarishni tiklash ko‘zda tutilgandi.

Yangiliklar lentasi
0