TOShKENT, 6-may — Sputnik. Amerikaning ikkita samolyoti Rossiya chegaralari yaqinida razvedka ishlarini olib bordi. Mil Radar Twitter-akkauntida e’lon qilingan harbiy aviatsiya parvozlari monitoring ma’lumotlari buni dalillaydi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Xabarga ko‘ra, elektron razvedka samolyoti hisoblangan RC-135V Britaniyadagi Mildenxoll bazasidan uchgan va Kaliningrad viloyati yaqinida — Baltika va Polsha ustidan parvozni amalga oshirgan.
AQSh Harbiy dengiz kuchlariga qarashli yana bir, Boeing P-8A Poseidon samolyoti esa Estoniyadagi Emari aviabazasidan uchib chiqib, u ham Kaliningrad viloyati yaqinida Baltika ustidan parvozni amalga oshirgan.
Ikkinma may sanasida amerika OAVlari AQSh HHK qarashli kemalarga qarshi Boeing P-8 Poseidon samolyoti Rossiyaning Su-27 qiruvchisi tomonidan Baltika osmoni ustida "tutib olingani" haqida ma’lumot tarqatgan edi. Maqolada Su-27 uchuvchisining harakatlariga xavfsiz, ammo noprofessional, deya ta’rif berilgan.USAF RC-135V 64-14844 TOKEN42 departed Mildenhall at 0620z — Eastern Poland & Southern Baltic mission pic.twitter.com/4POpQrVLBC
— Mil Radar (@MIL_Radar) 5 maya 2018 g.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, aprel oyining oxirida birgina haftaning o‘zida Rossiya chegarasi yaqinida 17ta chet el samolyotlari razvedka ishlarini olib borgan. Rossiya Havo mudofaasiga qarshi navbatchi kuchlari havoga o‘n marotaba ko‘tarilib, ushbu samolyotlarni tutish va kuzatib qo‘yishlariga to‘g‘ri kelgan.