Azizbek - WBC Silver kamari sohibi yoxud o‘zbek bokschilariga atalgan kecha

Obuna bo‘lish

TOShKENT, 5-may — Sputnik. Toshkentdagi "O‘zbekiston" sport majmuasida professional boks bo‘yicha jang oqshomi yakuniga yetdi. Unda o‘zbekistonlik bokschilar yaqqol ustunlik bilan g‘alabaga erishdilar.

Boks kechasining asosiy jangi Azizbek Abdug‘afurov va rossiyalik Dmitriy Chudinov o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. O‘n ikki raund davom etgan jangda Azizbek 118-110, 118-110, 117-111 hisobida g‘alaba qozonib,  WBC Silver  kamari sohibiga aylandi.

Bu Azizbekning o‘n birinchi jangdagi o‘n birinchi g‘alabasidir.

© SkrinshotProfessionalniy bokser Azizbek Abdugafurov
Professionalniy bokser Azizbek Abdugafurov - Sputnik O‘zbekiston
Professionalniy bokser Azizbek Abdugafurov

Unga qadar bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi:

Birinchi bo‘lib ringga chiqqan Jamshid Najmiddinov gruziyalik Anzor Gamgebelini birinchi raunddayoq texnik nokautga uchratdi. Anzor uch bor nokdaun holatiga tushganidan so‘ng jang to‘xtatildi.

Uzbekskiy bokser Azizbek Abdugofurov - Sputnik O‘zbekiston
Azizbek Abdug‘ofurov: chempionlik jangida muxlislar qo‘llab-quvvatlovi menga dalda bo‘ladi

Professional boksdagi debut jangini o‘tkazgan Bekzod Tursunboyev indoneziyalik Roy Muxlisni birinchi raunddayoq nokautga uchratdi.

Umid Rustamov gruziyalik David Ribakoniga qarshi ringga ko‘tarildi. Jang uchinchi raundda to‘xtatildi. Referi gruziyalik bokschi ikki bor nokdaun holatiga tushib qolganidan so‘ng jangni to‘xtatdi. Umid faoliyatidagi to‘rtinchi jangda to‘rtinchi g‘alabasiga erishdi.

Ulug‘bek Sobirov gruziyalik Jorji Ungiadzega qarshi ringga ko‘tarildi va ikkinchi raundda raqibini nokautga uchratdi.

Olim Nazarov gruziyalik Xvicha Gigolashvilini 100-91, 100-90, 100-90 hisobida ochkolar bo‘yicha yengdi.

Jasur Ahmadjonov 80:70, 80:71, 80:70 hisobida indoneziyalik Stevi Ongen Ferdinandus ustidan g‘alabaga erishdi.

WBC Silver chempionlik kamari sohibi Qudratillo Abduqahhorov 8 raundlik jangda tanzaniyalik Tvaxa Kidukuga qarshi ringga chiqdi va ochkolar bo‘yicha 80:72, 80:72, 80:72 hisobida g‘olib bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0