O‘zbekiston fuqarosi pasporti 18 kishiga topshirildi

© Sputnik / Aleksey TixomirovUzbekskiy pasport
Uzbekskiy pasport - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston yangi fuqarolariga pasportlarning aynan 9-may arafasida topshirilishi ularning quvonchga quvonch qo‘shdi.

TOShKENT, 6-may — Sputnik. Bugun ertalab Toshkent shahar hokimligi binosida 18 kishiga O‘zbekiston fuqarosi pasportlari topshirildi. Bu haqida Hokimlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi "O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risida"gi farmoniga muvofiq poytaxtimizdan 18 nafar shaxsning arizalari qanoatlantirilib, ular O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi", — deylgan xabarda.

Fuqarolik pasportlarini shahar hokimi J.Artikxodjayev topshirdi. Tadbirda ishtirok etgan shahar faollari, deputatlar, jamoatchilik vakillari mazkur farmonning ahamiyati, insonparvarlik tamoyillariga mosligi, yurt ravnaqi, fuqarolar va millatlararo totuvlikka qo‘shgan bebaho hissasi haqida gapirdilar.

Yangiliklar lentasi
0