Har bir vagon uchun 200 ming so‘mdan: Buxoroda temir yo‘l bekati boshlig‘i qo‘lga olindi

© Press-slujba GU MVD RF / Mediabankka o‘tishZaderjanie za vzatku
Zaderjanie za vzatku - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
U Kogon temir yo‘l bekatiga kelgan yuk vagonlarini o‘z buyurtmachilari yoki tegishli korxona va tashkilotlarga berish va o‘z vaqtida qabul qilib topshirish jarayonlarida yuklarni qabul qilib topshiruvchi mas’ul shaxslardan muntazam ravishda har bir vagon uchun 200 ming so‘m miqdorida pul talab qilib kelgan.

TOShKENT, 5-may — Sputnik. "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeliga qarashli Kogon temir yo‘l bekati boshlig‘i pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Jenshina v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Pora olayotib ushlangan mansabdorning xonasidan yana 10,5 mln so‘m chiqdi

Xabarga ko‘ra, u Kogon temir yo‘l bekatiga kelgan yuk vagonlarini o‘z buyurtmachilari yoki tegishli korxona va tashkilotlarga berish va o‘z vaqtida qabul qilib topshirish jarayonlarida yuklarni qabul qilib topshiruvchi mas’ul shaxslardan muntazam ravishda har bir vagon uchun 200 ming so‘m miqdorida pul talab qilib kelgan.

Uning noqonuniy harakatlariga nisbatan qonun doirasida chora ko‘rishni so‘rab qilingan murojaat yuzasidan Buxoro viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi va Buxoro viloyat IIB TJXTB JQB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor-tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida Kogon temir yo‘l bekati boshlig‘i lavozimida ishlovchi K. M. o‘z xizmat xonasida Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga tegishli yuklarni qabul qilib topshiruvchi mas’ul shaxsdan 200 ming so‘m pulni ta’magirlik yo‘li bilan olgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan qo‘lga olingan.

Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (Pora olish) 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0