TOShKENT, 5-may — Sputnik. Toshkent shahar hokimligi xalqqa yaqinroq bo‘lish va yuzaga kelgan muammolarni samarali hal etish uchun Facebookda o‘z sahifasini ochdi.
Sahifa poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev tashabbusi bilan tashkil etildi.
Sahifada dolzarb yangiliklar hamda hokimlik oldiga qo‘yilgan vazifalar ijrosi haqidagi ma’lumotlar berib borilishi rejaalashtirilgan.