Qirg‘izistonda yashovchi O‘zbekiston fuqarolari uchun konsullik qabuli bo‘lib o‘tadi

Obuna bo‘lish
Sayyor konsullik qabuli Qirg‘iziston Hukumatining O‘sh shahridagi Vakolatli vakilligi binosida bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 5-may — Sputnik. 11-12-may kunlari O‘sh shahrida Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh, Jalolobod va Botken viloyatlari hududida vaqtinchalik yoki doimiy yashovchi O‘zbekiston fuqarolari uchun sayyor konsullik qabuli bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Bishkek shahridagi elchixonasi xabariga asoslanib TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Sayyor konsullik qabuli Qirg‘iziston Hukumatining O‘sh shahridagi Vakolatli vakilligi binosida bo‘lib o‘tadi.

Fuqarolarni qabul qilish (0312) 98-62-96 telefon raqami orqali yoki elchixona veb-saytidagi elektron tizimida oldindan ro‘yxatga olish orqali amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0