Markaziy bank: asosiy iste’mol mahsulotlarining narxlari pasayishni boshladi

© pixabay Ovoshi v magazine
Ovoshi v magazine - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari va Markaziy bank kuzatuvlari natijalariga ko‘ra respublikada 4 oy ichida inflyatsiya darajasi sekinlashdi va barqarorlashdi.

TOShKENT, 4-may — Sputnik. O‘zbekistonda asosiy iste’mol tovarlarining o‘rta darajadagi narxi mart oyida 0,4 % ga kamaydi. Shu o‘rinda yanvar va fevral oylarida bu ko‘rsatkich 0,6 % va 0,7 % bo‘lgan. Bular Markaziy bank 2018-yil pul-kredit siyosatining sharhida qayd etilgan.

Ministr zanyatosti i trudovix otnosheniy Uzbekistana Sherzod Kudbiyev - Sputnik O‘zbekiston
Vazir Sherzod Kudbiyev: O‘zbekistonda ish o‘rinlariga davlat buyurtmasi tuziladi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari va Markaziy bank kuzatuvlari natijalariga ko‘ra respublikada 4 oy ichida inflyatsiya darajasi sekinlashdi va barqarorlashdi.

"Iste’mol narxlar indeksi uslubi bo‘yich inflyatsiya darajasi yanvar (2,7 %) bilan solishtirilganda fevral va mart oylarida 1,1 % ga sekinlashdi va prognoz ko‘rsatkichlar doirasida", — deyilgan sharhda.

Markaziy bank kuzatuvi asosiy iste’mol tovarlar guruhi bo‘yicha mart oyida 0,4 %ga (yanvar va fevralda 0,6% va 0,7%) kamayganligini ko‘rsatdi.

Joriy yil birinchi choragida iqtisodiyotning iste’mol sektorida narxlar darajasi pasayishi va barqarorlashuvining asosiy omillari: iqtisodiyotda qat’iy pul-kredit shartlarining saqlanib qolishi, yanvar-mart oylarida valyuta kursini 0,5 %da bo‘lishi, davlat budjeti bajarilishi, ichki bozorda raqobat muhitini yaxshilash, import tovarlarining hajmini oshirish, meva-sabzavotlar import hajmi ko‘payishi hisobiga amalga oshirildi.

Yangiliklar lentasi
0