TOShKENT, 4-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-may kuni Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar berdi prezident matbuot-xizmati.
"Suhbatda Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida yaxshi qo‘shnilik munosabatlarini rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Joriy yil mart oyida Ostonada bo‘lib o‘tgan mintaqa davlatlari rahbarlarining birinchi sammiti samarali natijalar bergani mamnuniyat bilan qayd etildi", — deyiladi xabarda.
Shuningdek, ikki davlat rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashishgan.
Suhbat yakunida Mirziyoyev va Nazarboyev qardosh mamlakatlar va xalqlar manfaatlari yo‘lida serqirra hamkorlikni kengaytirish hamda ko‘p asrlik do‘stlik va sheriklik aloqalarini mustahkamlashda shijoatga ega ekanliklarini ta’kidlaganlar.