O‘zbekistonda propiska-ro‘yxatga olishning elektron tizimi ishga tushirildi

© Foto : pixabay / FirmBeeJenskie ruki s gadjetami
Jenskie ruki s gadjetami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu tizim orqali hozircha Toshkent shahrida turgan joyi bo‘yicha hisobga olishni rasmiylashtirish hamda manzil ma’lumotlarini taqdim etish xizmatlari ko‘rsatiladi.

TOShKENT, 4-may — Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi 1-maydan boshlab pasport-viza sohasidagi davlat xizmatlarining soddalashtirilgan tartib-taomillarini ta’minlovchi elektron tizimni ishga tushirdi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Mazkur tizimda hozircha sanoqli xizmatlar ko‘rsatiladi. Bular Toshkent shahrida turgan joyi bo‘yicha hisobga olishni rasmiylashtirish hamda manzil ma’lumotlarini taqdim etish xizmatlaridir.

Pasport i blank v rukax izbiratelya - Sputnik O‘zbekiston
Pasport tizimi va propiska masalalari bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlandi

"Ushbu tizim sinov tariqasida ishlatilayotganligi sababli davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida texnik nosozliklar yoki xatoliklar yuzaga kelsa yoki tizimni yaxshilash bo‘yicha takliflaringiz bo‘lsa, bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining apaat@intal.uz elektron pochtasiga ma’lumot yuborishingizni so‘raymiz", — deyiladi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi tomonidan.

Eslatib o‘tamiz, 1-noyabrdan milliy ID-kartalar tizimi joriy etiladi. Dastlabki sinov rejimi Toshkentda boshlanadi.

Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab chiqish stikerlarini bekor qilish va xorijga chiqish pasportini joriy qilish haqidagi qarorni imzolagandi. Stikerlar tizimi 1995-yildan beri amal qiladi.

Bundan avval amaldagi biometrik pasportlar respublika hududida foydalanish, chet elga chiqish uchun esa xorijiy pasportlarni tatbiq etish etish rejalashtirilgandi.

O‘z navbatida ko‘plab ekspertlar va mutaxassislar ikkinchi pasport o‘rniga ID-kartalar joriy etish bo‘yicha takliflarni bildirishdi. 2011-yil oktabr oyida O‘zbekistonda 1994-yilda kiritilgan pasportlarni yangi biometrik pasportlarga almashtirishga kirishilgandi.

2014 yil 1-iyuldan hukumat qaroriga ko‘ra O‘zbekiston fuqarolari xorijga faqat biometrik pasportlar bilan chiqishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0