Rossiya TIV vakili "oq kaskalilar"ni moliyalashtirish to‘xtatilganini "fantastik xabar" dedi

© Sameer Al-Doumy / AFPAktivisti iz organizatsii Belie kaski v Dume, Siriya
Aktivisti iz organizatsii Belie kaski v Dume, Siriya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq CBS telekanali AQSh davlat departamenti Suriyada faoliyat ko‘rsatayotgan "Oq kaskalilar" tashkilotini moliyalashtirishni muzlatib qo‘yganini xabar qilgandi.

TOShKENT, 4-may — Sputnik. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQSh davlat departamenti "Oq kaskalilar" nohukumat tashkilotini moliyalashtirishni vaqtinchalik to‘xtatgani haqidagi xabarni "fantastik" deb atadi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi. Moskva ushbu tashkilotni Suriyada kimoviy qurol qo‘llanilgani haqida asossiz xabarlar tarqatishda ayblamoqda.

Avvalroq CBS telekanali AQSh davlat departamenti Suriyada faoliyat ko‘rsatayotgan "Oq kaskalilar" tashkilotini moliyalashtirishni muzlatib qo‘yganini xabar qilgandi. Telekanalning ma’lumot berishicha, "Oq kaskalilar"ni moliyalashtirishda AQShning ulushi tashkilot budjetining uchdan bir qismini tashkil etadi. Xabar qilinishicha, tashkilotni moliyalashtirish "so‘nggi haftalarda" to‘xtatilgan va "qayta ko‘rib chiqilmoqda". Telekanalning diplomatik hujjatlarga asoslanib bildirishicha, davlat departamentining Yaqin Sharq burosi 15-aprelgacha tashkilotni moliyalashtirish davom etishi haqida AQSh ma’muriyati tasdig‘ini olishi, aks holda "jarayonni to‘xtatishi" lozim bo‘lgan.

SPUTNIK_Lavrov viskazalsya o predpolagayemoy ximicheskoy atake v siriyskoy Dume - Sputnik O‘zbekiston
Lavrov: Suriyadagi kimoviy hujum "Oq kaskalilar" tomonidan sahnalashtirilgan

"Bugun fantastik yangilik paydo bo‘ldi: AQSh davlat departamenti Suriyada faoliyat yuritayotgan "Oq kaskalilar" nohukumat tashkilotini moliyalashtirishni bas qilibdi. Nima bo‘ldi? Oxirgi filmlar yoqmadimi? Yoki boshqa sabablar bormi? Umuman, rostini aytganda, "Oq kaskalilar" bevosita AQSh hukumatidan va boshqa davlatlar, xususan, yaqindagina Suriyaga zarba bergan davlatlar hukumatlaridan qancha pul olishganining anig‘ini bilishni xohlardik. Menimcha, bu yo‘lga qo‘yilgan mazkur soxta mexanizmning qanday ishlashini tushunishda muhim ahamiyatga ega", — dedi Zaxarova.

"Oq kaskalilar" tashkiloti Suriyadagi tinch aholini himoya qilish maqsadida ekanligini aytib keladi. Keyingi yilarda internetda oq kaskali odamlar bolalarni vayronalar ostidan qutqarishayotgani aks etgan videolavhalar tez-tez paydo bo‘lmoqda. Ammo shu bilan birga, "Oq kaskalilar" "jabrlanganlar"ni grim qilib, ularga nima deyishni o‘rgatishayotgani tasvirlangan videolar ham uchramoqda. Buning ustiga, suriyalik jurnalistlar "qutqaruvchilar"ning qurol va harbiy libosda ekanliklari aks ettirilgan qator materiallarni e’lon qilishdi.

O‘z navbatida Suriya prezidenti Bashar Asad "Oq kaskalilar" tashkiloti a’zolari aslida "Al Qoida" tarafdorlari ekanligini bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0