Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasida "Georgiy lentalari" tarqatildi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishVolonteri razdayut georgiyevskie lentochki
Volonteri razdayut georgiyevskie lentochki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aksiya lentasida "Georgiy lentasi"dagi ranglardan foydalanilgan bo‘lib, bu ranglar jasorat va shon-shuhrat ramzini ifodalaydi.

TOShKENT, 4-may — Sputnik. Bugun Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasida barcha xohlovchilarga "Georgiy lentalari"ni tarqatildi.

Iz Rossii v Uzbekistan startuyet avtoprobeg posvashenniy pobede vo Vtoroy Mirovoy voyne - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyadan jo‘nagan "Pobeda" avtomobillari 1-may kuni O‘zbekistonga yetib keladi

Elchixona matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, bunday aksiya 26-27 aprel kunlari va 3-may kuni ham bo‘lib o‘tgan.

Rossiyada "Georgiy lentalari" aksiyasi birinchi marta 2005-yilda o‘tkazilgan. Ushbu aksiyaning maqsadi XX asrning eng dahshatli urushida kimlar va qanday qilib g‘alaba qozonganligi haqida yosh avlodga eslatish, ajdodlar bilan faxrlanish va ularni xotirlashdir.

Aksiya lentasida "Georgiy lentasi"dagi ranglardan foydalanilgan bo‘lib, bu ranglar jasorat va shon-shuhrat ramzini ifodalaydi.

Ma’lumot uchun, Avliyo Georgiy ordeni 1769-yilda ta’sis etilgan. U urush davrida ma’lum bir qahramonlik ko‘rsatganlarga berilgan. Undagi qora rang tutunni, malla rang olovni anglatadi.

Yangiliklar lentasi
0