Beeline Toshkentda noma’lum shaxslar tomonidan o‘chirib qo‘yilgan tayanch stansiyasi ishini tikladi

© Sputnik / Yakov Andreyev / Mediabankka o‘tishMontaj vishek sotovoy svazi v Tomskoy oblasti
Montaj vishek sotovoy svazi v Tomskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq noma’lum shaxslar tomonidan “Fleshka” savdo markazining binosida joylashgan asosiy tayanch stansiyasining elektr ta’minoti o‘chirib qo‘yilgandi.

TOShKENT, 4-may — Sputnik. Unitel kompaniyasi (Gollandiyaning Veon Ltd xoldingi sho‘’basi, Beeline brendi ostida faoliyat ko‘rsatadi) “Fleshka” savdo markazining binosida joylashgan asosiy tayanch stansiyasi ishini to‘liq tikladi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Sim-karta s logotipom Bilayn - Sputnik O‘zbekiston
Beeline 27 milliard so‘mga jarimaga tortildi

"Kecha 23:00da Beeline energetiklariga tayanch stansiyasiga kirishga ruxsat berildi. Qurilmalar elektr ta’minoti, ovoz servislari va mobil internet xizmati to‘liq hajmda tiklandi", — deb ma’lum qildi kompaniyadagilar Sputnik  muxbiriga.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq noma’lum shaxslar tomonidan “Fleshka” savdo markazining binosida joylashgan asosiy tayanch stansiyasining elektr ta’minoti o‘chirib qo‘yilgandi.

Natijada “Fleshka” savdo markazi atrofida, Taxtapul, Shayxontohur, Ko‘rgazma, Nurafshon, Iftixor, Yangiariq, Xurshida va To‘xtasin Jalilov ko‘chalarida, Sadriddin Yo‘ldoshev va Sharof Rashidov ko‘chalari kesishgan Kichik Halqa yo‘li atrofida, shuningdek Sebzor ko‘chasida Nurafshon ko‘chasidan Zulfiya Xonim ko‘chalari kesishmasida ovozli aloqa va mobil internet sifati yomonlashgani kuzatilgan.

Unitel kompaniyasi 1996-yilda tashkil etilgan. 2006-yildan buyon kompaniya Beeline savdo markasi ostida xizmat ko‘rsatadi. 2017-yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonda kompaniya abonentlari soni 10 millionga yaqinlashgan.

Yangiliklar lentasi
0