Gasparan Mirziyoyev nega Toshkentda sovet davridagi nomlarni qaytarayotgani haqida

© © SputnikArmen Gasparan
Armen Gasparan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev nega Toshkentda sovet davridagi nomlarni qaytarayotgani haqida siyosatshunos Armen Gasparan gapirib berdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Xalqlar do‘stligi"ni tiklashga qaror qildi. Ekspert va siyosatshunos Armen Gasparan metro stansiyasi va maydonga joylarning tarixiy nomlari qaytarilishi bilan bog‘liq qarorga sharh berib o‘tdi.

Dvores iskusstv Istiklol - Sputnik O‘zbekiston
"Xalqlar do‘stligi" nomi san’at saroyi va metro bekatiga qaytarildi

"Bu, nostalgiya emas, albatta. Bu ko‘proq o‘sha mashhur "qizil loyiha" nimani anglatganini idrok etishni boshlash, demak. O‘tgan asrning 90-yillarida, SSSR tarqalib ketgach, har bir mamlakat o‘zining milliy betakrorligini yuzaga keltira boshlagan edi… Shu bois, sobiq Ittifoqi davridagi toponimik nomlardan tezroq qutulishga harakat qilishardi", — dedi Armen Gasparan Sputnik O‘zbekiston radiosi efirida.

Ekspertga ko‘ra, avvalgi nomlarning qaytarilishi O‘zbekistonning yangi hukumati uchun normal holat sanaladi. "Axir Toshkentda 60-yillardagi zilziladan keyin shahar qanday qayta tiklanganini yaxshi xotirlashadi", — dedi u.

O‘shanda shaharga butun SSSR yordam bergan edi, deb ta’kidladi Armen Gasparan. Va, albattaki, o‘zbek xalqining Ulug‘ Vatan urushi g‘alabasiga qo‘shgan hissasi, ayniqsa — boshqa respublikalardan evakuatsiya qilingan fuqarolarga ko‘rsatga yordami ham xotiralarda abadiy qoladi, dedi ekspert.

Ekspertning to‘liq sharhini quyida rus tilida tinglashingiz mumkin.

Gasparan: sovetskaya toponimika ne utratila svoyego znacheniya v Uzbekistane

Yangiliklar lentasi
0