TOShKENT, 3-may — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Dmitriy Medvedev O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Moldaviya, Qozog‘iston, Belarus, Armaniston, Ozarbayjon, shuningdek, Abxaziya va Janubiy osetiya Hukumat rahbarlarini yaqinlashib kelayotgan Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 73-yilligi sanasi bilan tabrikladi.
"Maktubda bizning mamlakatlarimiz fuqarolarini birlashtirib turuvchi Buyuk G‘alaba xotirasi haqida gap borgan. Ulug‘ Vatan urushi askarlarining jasorati va mardonavorligi, front ortida mehnat qilganlarning jonbozligi hozirgi va kelajak avlodar qalbida umrbod qolishi ta’kidlangan", — deyiladi xabarda.
Medvedev urush yillari sinovlari tufayli yuzaga kelgan mustahkam do‘stlik an’analari bundan keyin ham davlatlararo munosabatlarning ishonchli asosi bo‘lib xizmat qilishiga ishonch bildirgan.
Bundan tashqari, Rossiya Bosh vaziri o‘z hamkasblaridan o‘zining dil istaklarini urush qatnashchilari va front ortida xizmat ko‘rsatgan insonlarga yetkazib qo‘yishni iltimos qilgan. Medvedev urush faxriylariga baxt, farovonlik va uzoq umr tilagan, ularni cheksiz hurmat qilishini va ular ko‘rsatgan tengsiz qahramonlik uchun minnatdorligini bildirgan.