Namanganda mamlakatda qiyosi yo‘q bo‘ladigan maydoni 110 gektarli bog‘ quriladi

© Press slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s xodom stroitelnix rabot v parke kulturi i otdixa goroda Namangana
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s xodom stroitelnix rabot v parke kulturi i otdixa goroda Namangana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur ko‘ngilochar maskanda yiliga 100 ming kishiga xizmat ko‘rsatish mo‘ljallangan. Uni 2019-yilning birinchi choragida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

TOShKENT, 3-may – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahridagi madaniyat va istirohat bog‘ida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnost Namanganskogo gorodskogo sentra gosudarstvennix uslug - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Namangandagi davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi

110 gektar maydonni egallagan ushbu bog‘da ochiq va yopiq suzish havzasi, kichik stadion, muz saroyi, to‘rt yulduzli mehmonxona, yirik attraksionlar, ertaklar shaharchasi, savdo shoxobchalari, kutubxona va internet kafe, bouling va fitnes klublari, hunarmandlar markazi, amfiteatr, akvapark va boshqa obyektlar bo‘ladi. O‘ziga xos landshaftga ega bo‘lgan hududga noyob manzarali daraxt va gullar ko‘chatlari ekilib, botanika bog‘i yaratiladi.

Mazkur ko‘ngilochar maskanda yiliga 100 ming kishiga xizmat ko‘rsatish mo‘ljallangan. Uni 2019-yilning birinchi choragida foydalanishga topshirish, 1 ming 500 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda qurilish ishlari jadal davom etmoqda.

“Davlatimiz rahbari istirohat bog‘ini sifatli va xavfsiz barpo etish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Nafaqat viloyat, balki mamlakatimizda qiyosi yo‘q bo‘ladigan mazkur parkka "Afsona" deb nom berishni taklif qildi”, — deyiladi xabarda.

Xabarga ko‘ra, shu yerda Namangan shahri Guliston dahasida bunyod etilishi mo‘ljallangan “Namangan City”, Pop tumanida quriladigan zamonaviy savdo majmuasi va "Pop eco park" kabi loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Yangiliklar lentasi
0