G‘ofur Rahimov AQSh sanksiyalar ro‘yxatidan o‘z nomi olib tashlanishiga erishmoqchi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishFlag Soyedinennix Shtatov Ameriki.
Flag Soyedinennix Shtatov Ameriki. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
G‘ofur Rahimov uyushgan jinoiy guruhlar bilan hech qachon aloqada bo‘lmaganini bildirdi.

TOShKENT, 3-may – Sputnik. O‘zbekistonlik biznesmen va Xalqaro havaskor boks assotsiatsiyasining vaqtinchalik prezidenti G‘ofur Rahimov AQSh sanksiyalar ro‘yxatidan o‘z nomi olib tashlanishiga erishmoqchi. Assotsiatsiya saytida Rahimovning bu boradagi bayonoti e’lon qilindi.

Prezident AIBA posetil v detskiy trenirovochniy sentr po boksu - Sputnik O‘zbekiston
AIBA o‘zbekistonlik yosh bokschilarga sport jihozlari hadya qildi

Unda bildirilishicha, G‘ofur Rahimov Vashington va Londondagi advokatlariga AQSh G‘aznasining xorijiy aktivlarni boshqarish bo‘yicha idorasiga (OFAC) "Maxsus belgilangan fuqarolar ro‘yxati"dan o‘z nomini oldirib tashlash uchun murojaatnoma yuborish to‘g‘risida ko‘rsatma bergan.

"Bu janob Rahimovning o‘z nomi va obro‘sini ommaviy axborot vositalaridagi asossiz ayblovlardan tozalashga qaratilgan dadil qadamlaridan biri", — deyiladi assotsiatsiya press-relizida.

G‘ofur Rahimov bayonotida uyushgan jinoiy guruhlar bilan hech qachon aloqada bo‘lmaganini bildirdi.

"Men hech qachon hech qanday uyushgan jinoiy guruh bilan aloqador bo‘lmaganman va dunyoning hech bir yurisdiksiyasi tomonidan hech qachon hech qanday jinoyatlarda ayblanmaganman. AQSh G‘aznasining bosimi davom etayotgan bo‘lsa-da, men AIBA boshqaruvi va moliyaviy barqarorligini tiklash bo‘yicha harakatlarimni davom ettiraman. Men boksni yaxshi ko‘raman. AIBA har qanday chorlovlar ustidan g‘alabaga erishadi va menga nisbatan asossiz ayblovlarga qaramasdan, hayotimni sportga bag‘ishlashda davom etaman", — deyiladi bayonotda.

G‘ofur Rahimov yanvar oyida AIBA vaqtinchalik prezidenti etib tayinlangan. Tashkilot prezidenti Ching-Kuo Vu o‘tgan yilning noyabrida iste’foga chiqqandi.

Rahimov 1998-yildan buyon AIBA ijroqo‘mi a’zosi hisoblanadi. 2002-yilda ushbu tashkilot vitse-prezidenti, 2006-yildan ijrochi vitse-prezidenti lavozimida faoliyat olib borgan. 2010-yilda u Osiyo boks konfederatsiyasi prezidenti etib saylangan.

Yangiliklar lentasi
0