TOShKENT, 2-may — Sputnik. Ertaga, 3-may kuni Toshkent shahriga Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston-Qozog‘iston ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning hamraisi Askar Mamin boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda bildirilishicha, Qozog‘iston delegatsiyasi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.
Tashrif dasturiga ko‘ra Qozog‘iston delegatsiyasi O‘zbekiston hukumatida uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazadi hamda bir qator ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyuradi.
Tashrif arafasida o‘zaro savdo ayirboshlashni oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish bo‘yicha Qozog‘iston ishchi guruhi Toshkent shahriga keldi.