Shabnami Surayyo mehmondo‘stlik uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi

© SputnikShabnami Surayyo - tadjikskaya estradnaya pevitsa, arxivnoe foto
Shabnami Surayyo - tadjikskaya estradnaya pevitsa, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikistonlik san’atkor 28-29 aprel kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan "Boysun bahori" folklor festivali taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

TOShKENT, 2-may — Sputnik. Tojikistonlik xonanda Shabnami Surayyo "Boysun bahori" festivalidagi ishtirokidan so‘ng O‘zbekistonga mehmondo‘stligi uchun minnatdorlik bildirdi.

"Iliq qabul va mehmondo‘stlik uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildiraman. Yana bir bor u yerda bo‘lganimdan baxtiyorman", — deb yozdi xonanda Instagram sahifasida.

Publikatsiya ot Shabnam Surayo (@shabnam.surayo) 29 Apr 2018 v 12:30 PDT

 

U shuningdek, Yulduz Usmonova bilan uchrashuvi haqida ham alohida post qoldirdi.

"Afsona, primadonna Yulduz Usmonova bilan. Mana shunday yaxshi, oqila va pozitiv inson bilan vaqtim juda chog‘ o‘tdi. U qirolichaning o‘zginasi", — deb yozdi Surayyo.

 

Eslatib o‘tamiz, 2002-yilda o‘tkazila boshlangan mazkur festival 2004-yilga kelib to‘xtab qolgan edi.

Shavkat Mirziyoyev 2016-yilning 17-noyabrida o‘zining saylovoldi dasturi doirasida Surxondaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda yaxshi an’ana, xalqaro obro‘ga ega bo‘lishga ulgurgan "Boysun bahori" xalqaro folklor festivalini qaytadan tiklash kerakligi haqida taklifni bildirgandi.

Yangiliklar lentasi
0