O‘zbekiston va Turkiya Ichki ishlar vazirlari hamkorlikni kengaytirishga kelishdi

© MVD UzbekistanaMinistri MVD Uzbekistana i Tursii
Ministri MVD Uzbekistana i Tursii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Turkiya Ichki ishlar vazirlari ikki mamlakat munosabatlarini yaxshilash, hamkorlik salohiyatini yanada yuqoriga ko‘tarish maqsadida, ikki mamlakat Ichki ishlar vazirliklari o‘rtasida Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh tuzish masalasini muhokama qilishdi

TOShKENT, 2-may — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida, O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon So‘ylu bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

Prezidenti Uzbekistana i Tursii Shavkat Mirziyoyev i Redjep Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Erdo‘g‘onga: O‘zbekistonning eshiklari sizlar kabi yaqin qardoshlarimiz uchun doimo ochiq
Ikki mamlakat Ichki ishlar vazirlari tomonidan "O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashishda hamkorlik qilish to‘g‘risida Bitim", "O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida huquqni muhofaza qilish sohasida o‘qitish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida Protokol"lari imzolangan.

Ikki mamlakat IIV rahbarlari o‘tkazgan muzokara davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, terrorizm va turli xil xalqaro jinoyatlarga qarshi kurashish, shuningdek, bu kabi jinoyatlarni oldini olishda o‘zaro hamkorlik muhimligi bildirilgan.

O‘zbekiston va Turkiya Ichki ishlar vazirlari ikki mamlakat munosabatlarini yaxshilash, hamkorlik salohiyatini yanada yuqoriga ko‘tarish maqsadida, ikki mamlakat Ichki ishlar vazirliklari o‘rtasida Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh tuzish masalasini muhokama qilishdi, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0