O‘zbekistonda veteranlarga kiyim-kechak va poyabzallar bepul tarqatiladi

Obuna bo‘lish
Bu haqda 1941-1945 yillardagi urush faxriylarini, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilingan

TOShKENT, 1-may — Sputnik. O‘zbekistonda 1941-1945 yillardagi urush faxriylari va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga har oyda zaruriy oziq-ovqat hamda gigiyena mahsulotlari, har yili kiyim-kechak va poyabzallar bepul tarqatiladi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Veterani Velikoy Otechestvennoy voyni vozlagayut venki k Vechnomu ognyu - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik urush faxriylari "Aeroflot" samolyotlarida bepul parvoz qilishlari mumkin
Bu haqda 1941-1945 yillardagi urush faxriylarini, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilingan.

"Rejaga ko‘ra, "Nuroniy" jamg‘armasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bo‘limlari orqali yashash joyiga har oyning 15 sanasigacha urush faxriylariga 3 kilogramm un, 1 kilogramm guruch, 500 gramm grechka, 500 gramm makaron, 1 kilogramm suyaksiz mol go‘shti, 1 kilogramm uy parrandasi go‘shti, 200 gramm sariyog‘, 15 dona tuxum, 1 kilogramm shakar, 1 litr kungaboqar yog‘i, 200 gramm choy, 100 gramm atir sovun, 200 gramm xo‘jalik sovuni, 150 gramm kir yuvish kukuni va 8 dona podguznik bepul yetkazib beriladi.

Shuningdek, zarur kiyim-kechak va poyabzallar har yili 1-oktabrdan kechiktirilmay to‘lov undirmasdan yetkazib beriladi.

Yangiliklar lentasi
0