Shabnami Surayyo "Boysun bahori"da qo‘shiq kuyladi

© Sputnik / Amir IsayevShabnami Surayyo
Shabnami Surayyo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eslatib o‘tamiz, 2002-yilda o‘tkazila boshlagan mazkur festival 2004-yilga kelib to‘xtab qolgan edi

TOShKENT, 1-may — Sputnik. Boysun tumanida o‘tkazilgan "Boysun bahori" folklor festivalida tojikistonlik mashhur xonanda Shambnami Surayyo ishtirok etdi, deb xabar qildi "O‘zbekkonsert" matbuot-xizmati.

Prazdnovanie Navruza - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda o‘tkaziladigan tadbirlarni yagona kalendari chiqariladi
O‘zbekiston Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev va Surxondaryo viloyati xokimi Erkinjon Turdimovlar bayram tadbirini ochib bergach, respublikada taniqli san’at ustalari ishtirokidagi konsert dasturi namoyish qilingan.

Unda O‘zbekiston xalq artistlari Yulduz Usmonova, Maxmud Namozov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlari Hosila Raximova, Sayyora Qoziyeva, Anvar Sobirov, Norali Allanazarov, estrada xonandalari Ravshan Namozov, Nargiza Azimova, Qahramon Mo‘minov, Roxila Ro‘zimova hamda "Surxon" guruhi kabi san’atkorlar ishtirok etishgan.

"Bundan tashqari, festival doirasida Tojikiston Respublikasining "Padida" teatr jamoasi va mashhur xonanda Shabnam Surayyo, afg‘onistonlik hofiz-xonandalar Abdumajid va Abdurauf Adlxuiy ishtirokidagi gala konsert san’at ixlosmandlarini xushnud etdi", — deyiladi xabarda.

Tadbirda shuningdek, rang-barang mushaklar uchirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2002-yilda o‘tkazila boshlagan mazkur festival 2004-yilga kelib to‘xtab qolgan edi.

Shavkat Mirziyoyev 2016-yilning 17-noyabrida o‘zining saylovoldi dasturi doirasida Surxondaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda yaxshi an’ana, xalqaro obro‘ga ega bo‘lishga ulgurgan "Boysun bahori" xalqaro folklor festivalini qaytadan tiklash kerakligi haqida taklifni bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0