O‘zbekiston havo yo‘llari uchinchi Drimlaynerni sotib oldi

© Press-slujba aviakompanii "Uzbekiston xavo uyllari"Boeing 787 Dreamliner aviakompanii "Uzbekiston xavo uyllari"
Boeing 787 Dreamliner aviakompanii Uzbekiston xavo uyllari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchinchi Drimlayner avvalgilaridan o‘rindiqlar soni ko‘pligi va ekipaj dam olishi uchun alohida xonasi bilan ajralib turadi. Umumiy hisobda yangi samolyotda 270 ta o‘rin bo‘lib ularning 24tasi biznes klass, 246 tasi ekonom klass.

TOShKENT, 30 apr — Sputnik. O‘zbekiston havo yo‘llari va Boenig korporatsiyasi navbatdagi yo‘lovchi Boeing 787-8 Dreamliner samolyotini yetkazib berish bo‘yicha shartnomani imzoladi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.

Uchinchi Dreamliner 2018-yilning may oyida yetkazib beriladi. Umumiy hisobda 2020-yilga qadar O‘zbekiston Havo yo‘llari aviaparkida oltita ushbu turdagi samolyotlar paydo bo‘lishi kutilmoqda.

"Dreamlayner samolyotlarining kelishi bilan MAK aviaparki noyob avipark darajasiga yetdi. Aviakompaniya aviatransport bozoridagi talab va vaziyatdan kelib chiqib, o‘z havo flotidan unumli foydalanmoqda, shuningdek, yaqin va uzoq yo‘nalishlarda samarali faoliyat yuritib, yangi yo‘nalishlarni ochmoqda va yo‘lovchilarni uzoq masofalarga yuqori darajadagi qulaylik bilan tashimoqda", — deyilgan kompaniya xabarida.

Uchinchi Drimlayner avvalgilaridan o‘rindiqlar soni ko‘pligi va ekipaj dam olishi uchun alohida xonasi bilan ajralib turadi. Umumiy hisobda yangi samolyotda 270 ta o‘rin bo‘lib ularning 24tasi biznes klass, 246 tasi ekonom klass.

Yangi samolyotlar ham GE Aviation kompaniyasining o‘zining tejamkorligi va kam shovqinligi bilan ajralib turadigan "GEnx-1B" dvigatellari bilan jihozlangan bo‘ladi.

Bugungi kunda Milliy aviakompaniya Boeing 787 Drimliner samolyotlarida xalqaro yo‘nalishlardagi qatnovlarni  muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Ta’kidlash joizki, "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi Markaziy Osiyooda "Boeing 787 Drimliner" samolyotlariga buyurtma bergan birinchi buyurtmachidir. Aviakompaniya Dreamlinerlarning tijorat ekspluatatsiyasini 2016-yilda boshlagan. 2017-yil 27- iyulda esa, O‘zbekiston milliy aviatashuvchisi tarixda birinchi marta ushbu rusumdagi samolyotda Toshkentdan Nyu-Yorkka ilk uzluksiz parvozini amalga oshirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0