TOShKENT, 30 apr — Sputnik. 2018-yilning yoz mavsumida rossiyalik taniqli bloger Sergey Dolya Land Rover Discovery avtomobilida yer sharini aylanib chiqadi.
Sayohat Moskvadan Singapurgacha avtomobilda boradi, so‘ng u yerdan Avstraliyaga kemada. Avstraliya qit’asini kesib o‘tganidan so‘ng samolyotda Amerikaga. Janubiy amerikani janubidan shimoligacha va Shimoliy amerikani g‘arbiy qirg‘og‘idan sharqiy qirg‘og‘igacha kesib o‘tganidan so‘ng samolyotda Afrikaga keladi. Afrikadan esa Moskvagacha qurulqik orqali.
Sayohatchilar 70 kun ichida quruqlikda 30 000 km va havoda va 30 000 km masofa bosib o‘tishadi va buni Jul Vern qahramoni sayohatidan ko‘ra 10 kun tezroq amalga oshirishni niyat qilishgan.
Ma’lumot uchun, sayohatchi "butun dunyoni aylanib chiqdim" deyish uchun bir necha qoidaga amal qilishi kerak:
1. Sayohat bir nuqtada boshlanib o‘sha yerning o‘zida tugatilishi kerak
2. Yer sharining barcha meridianlarini kesib o‘tish kerak
3. Ekvatorni kamida ikki marotaba kesib o‘tish kerak, ya’ni ikkala yarim sharda ham bo‘lish kerak
Undan tashqari, avtomobil sayohati uchun: har bir qit’ada 1000 kilometrdan masofa bosib o‘tishi kerak, Yer sharining ikki antipod (diametral qarama-qarshi)nuqtasini kesib o‘tishi kerak.