TOShKENT, 30 apr – Sputnik. Kecha 29-aprel kuni soat 11 lar atrofida Buxoro viloyatida “Xorazm – Buxoro” yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobus ag‘darilib tushdi deb xabar qilmoqda Uznews nashri.
Voqea Gazli shahridan 7 km uzoqlikda sodir bo‘lgan. Avtobus ichida bo‘lgan yo‘lovchilar turli jarohatlar olishgan. Qurbonlar yo‘q.
Voqea joyida bo‘lgan guvohlar aytishiga qaraganda, ushby YTH avtobus haydovchisining uxlab qolishi oqibatida sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin.