TOShKENT, 29 apr – Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki qayta moliyalash stavkasini 14% miqdorida, o‘zgarishsiz qoldirdi, deb xabar qilmoqda muassasa matbuot xizmati.
“Markaziy bank Boshqaruvi 2018-yil 28-apreldagi yig‘ilishda kayta moliyalash stavkasini, iqtisodiyotdagi mavjud va kutilayotgan o‘zgarishlardan kelib chiqib, yillik 14 foiz miqdorida o‘zgarishsiz qoldirishga qaror qildi”, — deyilgan rasmiy xabarda.
Bank xabarida aytilishiga ko‘ra, Markaziy bank inflyatsiya miqdorini belgilangan doirada ushlab turish uchun qat’iy pul-kredit siyosatini davom ettiradi. Ya’ni, iqtisodga kerakgidan orqtiq pul paydo bo‘lishi va buninng oqibatida inflyatsiya miqdori kuchayishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Markaziy bank O‘zbekistonda asosiy iste’mol tavarlari narxi hamda valyuta almashuv kursi barqarorlashganini xabar qilmoqda. Shu bilan birga inflyatsiya miqdori ham 2018-yilning yanvar oyida 2,7 % dan fevral va mart oylariga kelib 1,1 %gacha kamaygan.