TOShKENT, 28 fev – Sputnik. Qozog‘istonga tashrif bo‘yicha o‘tgan yili O‘zbekiston barchani ortda qoldirdi. Bu haqda Tengri.News portali yozmoqda.
Statistika qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra, 2017-yilda Qozog‘istonga 3,5 millionga yaqin O‘zbekiston fuqarosi kelgan. Shu tarzda O‘zbekiston Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Germaniya, Turkiya va Xitoyni ortda qoldirdi. Bu mamlakatlardan Qozog‘istonga mos ravishda 94,8 mingdan 1,7 million nafargacha turist kelgan. O‘tgan yil davomida Qozog‘istonda jami 7,7 million xorijlik bo‘lgan.
O‘z navbatida O‘zbekiston 2017-yilda rossiyaliklar eng ko‘p sayohat qiladigan 40 mamlakat safidan joy olgandi.
Bundan tashqari, mart oyida Samarqand shahri Skyscanner portali tasnifiga ko‘ra sayyoramizdagi eng go‘zal maskanlar reytingida oltinchi o‘rinni oldi.