Toshkent va Bishkek chegaradagi bahsli vaziyatlar yechimi borasida kelishib olishdi

© SputnikPogranichnik na uchastke granisi, arxivnoe foto
Pogranichnik na uchastke granisi, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tomonlar davlat chegarasini qo‘riqlash sohasida ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilishga tayyorligi va manfaatdor ekanligini ta’kidladi.

TOShKENT, 28 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara idoralari ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar rivojlanishi sharoitida chegarada o‘zini qanday tutish qoidalarining yangi tahririni tasdiqladi, deb xabar berdi O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari matbuot xizmati.

Pogranichnik na uchastke granisi, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek-qirg‘iz chegarasida yuz bergan hodisa bilan maxsus guruh shug‘ullanadi

Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, tomonlar davlat chegarasini qo‘riqlash sohasida ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilishga tayyorligi va manfaatdor ekanligini ta’kidladi hamda chegaralar xavfsizligiga asosiy zamonaviy tahdidlarni muhokama qildi. Bundan tashqari, 2018-yilning birinchi choragida o‘zbek-qirg‘iz chegarasini qo‘riqlash bo‘yicha faoliyat yakunlari tahlil qilindi, dolzarb masalalar va ularni o‘zaro maslahatlashuvlar orqali hal qilish yo‘llari ko‘rib chiqildi.

Aprel boshlarida Qirg‘iziston chegarachilari Jalol-Obod viloyatining Aqsi tumanidagi mamay qishlog‘ida o‘zbekistonlik chegarachilar Qirg‘iziston fuqarosiga o‘q uzgani va u halok bo‘lganini bildirgandi. O‘zbekiston DXX davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi fuqaro chegarani noqonuniy kesib o‘tgani, chegara xizmati talablariga bo‘ysunmaganini va yarador qilinganini bildirdi. Keyinroq ikki davlat chegara xizmati rahbarlari hodisani birgalikda o‘rganib chiqishga hamda chegara buzilishi holatida quroldan foydalanmaslikka kelishib oldi.

Yangiliklar lentasi
0