TOSHKENT, 28 apr — Sputnik. Sankt-Peterburgdagi qurilishlardan birida ishlayotgan oʻzbekistonlik kasalxonaga yotqizildi, deb xabar berdi mahalliy OAV.
Qurilish obʼyekti prorabining huquqni muhofaza qilish organlariga tushuntirish berishicha, u binoning oltinchi qavatida himoya toʻri qoplayotgan boʻlgan. Nomaʼlum sababga koʻra u qurilish narvonidan pastga qulagan va omon qolgan.
Fevral oyida Sankt-Peterburgda uy tomida qor kurayotgan ishchi yiqilib halok boʻlgandi.