TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Toshkent yoshlar san’ati saroyida taniqli florist-dizayner Araik Galstan ishtirokida shou ko‘rgazma o‘tkazildi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Toshkent uchun bu kabi shou yangilik, muxlislar Galstanning gul kompozitsiyalarini juda katta qiziqish bilan qarshi olishdi.
Ayrim muxlislarni bunday go‘zal gullar O‘zbekistonda yetishtirilishi hayratda qoldirdi.
"Men O‘zbekistonda bo‘laman deb hech o‘ylamagan edim. Men bunday loyihani bu yerda amalga oshirish mumkinligini bilmasdim, chunki biz hech kimni tanimaganmiz. To‘satdan bir kun Toshkentga taklifnoma keladi", — deydi Araik Galstan.
Toshkentda istiqomat qiluvchilar o‘simlik olami, jumladan daraxt va gullarga juda mehr bilan munosabatda bo‘lishadi. Araik so‘zlariga ko‘ra, kompozitsiyada ishlatilgan terak shoxlari qirqilmagan, balki shahar ko‘chalaridan birida terib olingan. Shu shoxlarni ko‘rgazmaga beg‘araz tarzda olib kelishga yordam bergan kishilarning oliyjanobligi va mehribonligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Dizaynerning so‘zlariga ko‘ra, to‘g‘ri parvarishlansa bu gul kompozitsiyalar ber necha kun davomida saqlanishi mumkin. Kompozitsiya ostida maxsus idish qo‘yilgan. Unga suv qo‘yib turilsa bo‘ldi. Bundan tashqari barcha gullar maxsus eritma bilan ishlov berilgan.
Ushbu kechada mehmondan asosan flotistik maktablari, ish uslublari va sevimli gullari haqida so‘rashdi.
"Menda eng sevimli gulim yo‘q. Men hamma gullarni yaxshi ko‘raman. Rassom har xil bo‘yoqlar aralashtirishi singari, men ham har xil rangdagi gullarni aralashtirib, mutlaqo yangi, noyob bo‘lgan rangdagi kompozitsiyalarni yarataman", — dedi u.
Bu o‘xshatish tasodifiy emas, chunki Araik rassom yo‘nalishi bo‘yicha o‘qigan. Taniqli dizayner 10-yil davomida tasviriy san’at maktabi va bu yo‘nalishdagi oliygohda tahsil olgan. Biroq uning san’ati gullar olamida rivojlanadi.
"Men floristika bilan 20-yildan ortiq vaqt shug‘ullanaman. Hammasi 1996-yilda men ish qidirib Yerevandagi gullar do‘koniga kirganimda boshlangan", — dedi Araik Galstan.
Galstanning ishlari chindan ham san’at asarlarini namoyon qiladi. Toshkentdagi ko‘rgazma gullar kompozitsiyalari juda nafislik bilan ajralib turdi.
Galstan Toshkent shahri juda ozoda shahar ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Dizayner hozirgi vaqtda Barselonada istiqomat qiladi, u turli mamlakatlarda o‘quv mashg‘ulotlarni o‘tkazadi. U Toshkent shahrida joylashgan Floret gul do‘konida bir nechta mashg‘ulot o‘tkazdi.
"Shou uchun 10 ming dona O‘zbekistonda yetishtirilgan gullar olib kelindi. Men butun dunyoda ishlayman va birinchi marta bunday sifatli material bilan to‘qnash keldi. Gulshan kompaniyasi yetishtiradigan gullari hajmi va bo‘yi jihatidan juda yaxshi sifatga ega", — dedi Galstan.
Galstan Toshkentda iqtidorli floristlar borligini ta’kidlab, ular bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
Ushbu kecha an’anaga ko‘ra qadrdon mehmonga milliy to‘n sovg‘a qilindi.
Araik Galstan — ko‘plab gullar tanlovlari g‘olibi, turli shoularni tashkilotchisi, musobaqa, seminar va mashg‘ulotlarni tashkil qiladi. U ko‘plab ko‘riklarda yuqori o‘rinlarni egallagan.
Muntazam ravishda xalqaro floristik tanlovlarda juri tarkibida ishtirok etadi.
Ta’kidlab o‘tamiz, Toshkent shou tadbirida Rossiyadan Tamara Krasnopolskaya va Qirg‘izistondan Petr Anoxin hamda o‘zbekistonlik dizayner Nariman Grigoran ishtirok etdi.