Ulkan Qrim ko‘prigining avtoyo‘l qismi foydalanishga tayyor

Obuna bo‘lish
Quruvchilar Qrim ko‘prigining avtoyo‘l qismi qurilish ishlarini o‘z yakuniga yetkazishdi.

Qrimda Kerch bo‘g‘ozidan o‘tadigan ko‘prikning yo‘l qismi sinovdan o‘tkazilib, may oyining boshidan ishga tushirilishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarining ishonchligini 8 ta 35 tonnalik yuk mashinalar tasdiqlashdi. Sinov bir necha hafta davom etdi.

"Qrim ko‘prigi" axborot markazi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu sinovni o‘tkazish uchun muhandislar ko‘prikka ko‘plab maxsus datchiklar o‘rnatildi. Bu datchiklar ko‘prikka vazn ta’sirini o‘lchashga yordam berdi.

Yangiliklar lentasi
0