TOShKENT, 27 apr – Sputnik. "Bishkek-park" ko‘ngilochar savdo markazi portlovchi qurilma haqidagi xabardan so‘ng evakuatsiya qilindi, deb xabar berdi RIA Novosti Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmatiga asoslanib.
"Bishkek "102" xizmat raqamiga "Bishkek-park" ko‘ngilochar savdo markaziga portlovchi qurilma o‘rnatilganligi haqida xabar kelib tushdi. Voqea joyiga Qirg‘iziston IIV va MXDQ xodimlari zudlik bilan yetib bordi", — deb ma’lum qildi matbuot xizmati.
Ma’lumot berilishicha, ayni paytda savdo markazi atrofi o‘rab olingan, MXDQ mutaxassislari bino va uning atrofida portlovchi qurilma bor-yo‘qligini aniqlashmoqda.
Shuningdek, maxsus xizmat xodimlari portlovchi qurilma o‘rnatilgani haqida xabar bergan kishining shaxsini aniqlash bo‘yicha tezkor chora-tadbirlarni boshlagan.
Avvalroq bomba haqidagi yolg‘on xabardan so‘ng Bishkekdagi Amerika universitetidan talaba va o‘quvchilar evakuatsiya qilingandi.