Xorazm viloyatida davlat mulki sotuvga chiqarildi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishViveska na zdanii
Viveska na zdanii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sotuvga chiqarilgan davlat mulki orasida, ma’lum shartlar bilan, “nol” bahoda sotilishi mumkin bo‘lgan obyektlar ham bor.

TOShKENT, 26 apr – Sputnik. Davlat xususiylashtirish qo‘mitasi tomonidan Xorazm viloyatida bir necha davlat mulki obyektlarini sotuvga chiqardi.

Viveska na zdanii, v kotorom sdayutsya v arendu pomesheniya, v Omske. - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatida davlat mulki faqat internet orqali sotiladi va ijaraga beriladi

Xususan, Xorazm viloyatida, "Tex baza" binosining bir qismi, Angarik mahallasida joylashgan eski maktabgacha ta’lim muassasasi binosi, Sobiq “Oqdarband” qishloq vrachlik punki, Foydalanilmayotgan noturar bino, sobiq “K.Otaniyozov” MMTPning garaj bino va inshootlari sotuvga qo‘yilgan.

Yuqoridagi obyektlar orasida ma’lum shartlar bajarilgan holda “nol” bahoda sotilishi mumkin bo‘lgan obyektlar ham bor.

Savdoda ishtirok etishni istagan yuridik yoki jismoniy shaxslar “Biznes–reja” va takliflarini muhrlangan konvertda Urganch shahar, Al-Xorazmiy ko‘chasi, 23 uyning 3-qavati 317-xonasida joylashgan Xorazm viloyat hududiy tanlov komissiyasiga taqdim etishlari kerak.

Savdo shartlari bilan qo‘mita sahifasida batafsil tanishing.

Yangiliklar lentasi
0