AvtoVAZ O‘zbekistonda yil oxirigacha 3 mingdan ortiq avtomobil sotmoqchi

© SputnikVistavka mashin "Avtovaz"
Vistavka mashin Avtovaz - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Savdoning asosiy qismi "Lada Granta", 4x4 va boshqa budjet modellarga to‘g‘ri keladi.

TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Rossiyaning AvtoVAZ kompaniyasi yil oxiriga qadar 3 mingdan ortiq avtomobil sotishni mo‘ljallamoqda, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

"Avtovaz"ning eksport savdolari bo‘yicha menejeri Ilya Semakinning aytishicha, O‘zbekiston bozori xorijlik ishlab chiqaruvchilar uchun yetarlicha yopiq hisoblanadi, bu yerda asosiy o‘rinni GM egallaydi. Ammo uning qayd etishicha, Rossiya kompaniyasi o‘zi haqida baland ovozda ma’lum qilishni ko‘zlagan va bir-ikki yildan so‘ng O‘zbekiston ko‘chalarida AvtoVAZ mashinalarini tez-tez uchratish mumkin bo‘ladi.

Emblema UAZ na avtomobile - Sputnik O‘zbekiston
UAZ O‘zbekistonda ishlab chiqarish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

"Avvalgi yillarda biz yiliga 100ta atrofida mashina sotganmiz. O‘tgan yili katta o‘sish kuzatildi, ming donaga yaqin avtomobil sotildi. Bunga bozorning ochilishi, aksiz to‘lovlarining bir qismi yengillashtirilganligi sabab bo‘ldi. Joriy yil oxirigacha 3-4 ming dona avtomobil sotmoqchimiz. Savdoning asosiy qismi "Lada Granta", 4x4 va boshqa budjet modellarga to‘g‘ri keladi", — dedi Expo-Russia Uzbekistan 2018 ko‘rgazmasi doirasida Sputnik muxbiri bilan suhbatda Ilya Semakin.

Keyinchalik butun respublika bo‘ylab dilerlik markazlari tarmog‘ini yaratish rejalashtirilgan. Hozirda dilerlik tarmoqlari to‘rtta bo‘lib, ular Toshkent, Samarqand va Qoraqalpog‘istonda faoliyat ko‘rsatadi. Yil oxiriga qadar yana to‘rtta avtosalon ochish rejalashtirilmoqda.

"AvtoVAZ" guruhi Renault-Nissan-Mitsubishi alyansi tarkibiga kiradi va LADA, Renault, Nissan, Datsun brendlari ostida avtomobillar ishlab chiqaradi. Guruhning ishlab chiqarish maydonlari Tolyattida (PAO "Avtovaz") va Ijevskda ("LADA Ijevskiy avtomobilniy zavod") joylashgan.

Yangiliklar lentasi
0