O‘zbekiston Tolyattida tekstil fabrikasi ochishni mo‘ljallamoqda

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tishNa raskroynom uchastke tekstilnogo predpriyatiya v Uzbekistane
Na raskroynom uchastke tekstilnogo predpriyatiya v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbek delegatsiyasi Tolyattida bo‘lib, rossiyalik hamkasblari bilan ta’lim va turizm sohasida hamkorlik masalalarini ham muhokama qildi.

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. O‘zbekiston Tolyattida tekstil fabrikasi va savdo uyi ochishni mo‘ljallamoqda.

Shu kunlarda o‘zbek delegatsiyasi Tolyattida bo‘lib, rossiyalik hamkasblari bilan iqtisod, ta’lim va turizm sohasida hamkorlik masalalarini  ham muhokama qildi.

Shahar okrugi ma’muriyati matbuot xizmatining xabar berishicha, o‘zbekistonlik mehmonlar bu yerda Qarshi shahri taqdimotini o‘tkazishdi hamda uning turistik va madaniy obyektlari haqida ma’lumot berishdi.

Tolyattiliklar o‘z navbatida O‘zbekiston vakillarini shaharning sanoat va iqtisodiy salohiyati hamda diqqatga sazovor joylari bilan tanishtirishdi.

O‘zbekistonlik mehmonlar shaharda tekstil fabrikasi va O‘zbekiston savdo uyi ochish rejalarini bildirishdi.

Uchrashuvlar yakunida tez orada Tolyattida O‘zbekiston savdo uyini ochish ishlarini boshlashga kelishib olindi.

Yangiliklar lentasi
0