Agar biror kishi qizil chiroq yonib turgan vaqtdan yo‘ldan o‘tishga harakat qilsa, svetofor unga suv sepishni boshlaydi. Havo harorati +26 va sepilayotgan suv miqdori ham juda oz bo‘lgani uchun ushbu ogohlantirish chorasi hech kimga zarar yetkazmaydi.
Mahalliy aholi vakillari ushbu ixtironi foydali deb topishdi va u kelajakda shahar ko‘chalarini xavfsizroq qilishiga yordam berishiga ishonch bildirishdi.