Toshkentda 4 nafar valyutafurush qo‘lga olindi

Obuna bo‘lish
Valyutafurushlar 20 ming AQSh dollarini 8 120 so‘mdan sotayotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi

TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Toshkentda milliy valyutani xorijiy valyutani qora bozor narxida sotish bo‘yicha o‘z "xizmatlarini" taklif qilgan 4 nafar kishi qo‘lga olindi, deb xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, 1983-yil Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan shaxs internet orqali do‘stlashgan o‘rtog‘i o‘zining valyutafurush tanishlari orqali katta miqdorda, har bir AQSh dollarini 8 120 so‘mdan qora bozor narxida sotishini taklif qilayotganligini ma’lum qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘rab boshqarmaga murojaat qilgan.

Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda qalbaki dollar va so‘m yasagan shaxs qo‘lga olindi

Ariza yuzasidan 2018-yil 20-aprel kuni Soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi hamkorligida, Yakkasaroy tumanida joylashgan "Birodarlar qabristoni" memorial majmuasi oldida o‘tkazilgan tadbir davomida bir qator shaxslar qo‘lga olindi.

Jumladan, 1986-yil Buxoroda tug‘ilgan B.F., 1985-yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan T.P., 1979-yil Buxoro viloyatida tavallud topgan R.J. hamda 1990-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan P.S. arizachiga 20 ming AQSh dollarini 8 120 so‘mdan jami 162 400 000 so‘mga sotayotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.

Ushbu holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilinishi uchun Soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasiga topshirildi.

Yangiliklar lentasi
0