Rossiya Suriyada urib tushirilgan "aqlli" raketalar parchalarini namoyish etdi

© Sputnik / Igor Yermachenkov / Mediabankka o‘tishBrifing S. Rudskogo po situatsii v Sirii
Brifing S. Rudskogo po situatsii v Sirii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaga Suriya tomonidan taqdim etilgan "Tomagavk" raketasi bus-butun holda saqlanib qolgan – u mo‘ljallangan nishongacha yetib bormagan

TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Suriya harbiylari g‘arbiy koalitsiya tomonidan "kimoviy inshootlarga" berilgan zarba jarayonida portlamay qolgan ikkita raketani Rossiyaga o‘rganish uchun topshirdi, dedi Rossiya Qurolli kuchlari bosh shtabining bosh tezkor boshqarmasi boshlig‘i general-polkovnik Sergey Rudskoy. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Rossiyalik harbiylarning bayonot berishlaricha, ittifoqchilar tomonidan otilgan raketalarning aksariyat qismi Suriya havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan urib tushirilgan, bir qismi parvoz davomida parchalangan, natijada mo‘ljalga 105 raketadan 22tasi yetib kelgan. Bunda ular asosan xo‘jalik obyektlari va omborlarga zarba bergan.

Den raketnix voysk i artillerii na poligone Luga v Leningradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Suriyaga raketa zarbalari berdi

"Har qanday davlatda kimoviy qurol ishlab chiqarish bo‘yicha tadqiqot o‘tkazilayotgan va qurol-yarog‘ saqlanayotgan obyektlar aholiga katta xavf tug‘dirishi bois puxta qo‘riqlanadi. Lekin yuqoridagi obyektlarda hech qanday xavfli holat yuzaga kelmadi. Ular oddiy bino va omborlar edi", — dedi general-polkovnik.

Rossiya bosh shtabi go‘yoki kimoviy qurollar saqlanayotgan obyektlarni bombardimon qilishni buyurgan ittifoqchilarning harbiy-siyosiy rahbariyatining mantig‘idan ham hayratda ekanligini bildirdi. Aytilishicha, agar u yerda rostdan ham jangovar ximikatlar bo‘lganida bu o‘n minglab kishilarning halokatiga olib kelgan bo‘lardi.

Rossiyaga Suriya tomonidan taqdim etilgan "Tomagavk" raketasi bus-butun holda saqlanib qolgan – u mo‘ljallangan nishongacha yetib bormagan. Harbiylar shuningdek, ko‘plab raketa parchalarini qo‘lga kiritishgan.

Rudskoyning aytishicha, raketalarning aksariyati sovetlarning bundan qirq yil avvalgi S-125, "Osa" va "Kvadrat" havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilgan. Rossiyaga tegishli hududga raketalar yetib kelmagani bois Rossiya qurolli vositalari zarbalarni qaytarishda qatnashmagan.

Eslatib o‘tamiz, o‘ninchi aprel kuni Vashington Damashqni Sharqiy Gutadagi Duma shahrida tinch aholiga nisbatan kimoviy hujum uyushtirishda aybladi.

AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya 14-aprel kuni kimoviy qurol ishlab chiqarilmoqda deya taxmin qilingan Suriya hukumat obyektlariga zarba berdi.

Yangiliklar lentasi
0