Hi-Tech Bank mansabdor shaxslaridan 500 ming dollar undirgan shaxslar qo‘lga olindi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri: dollari SShA
Denejnie kupuri: dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq Buxoro viloyatida firibgarlik yo‘li bidan 500 ming dollarni qo‘lga kiritgan shaxslar qo‘lga olingandi

TOShKENT, 25 apr – Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi jinoyat ishiga aloqadorlar va ularning yaqinlari ishonchiga kirib, ishning ijobiy hal etilishi uchun pora berish zarurligi aytib ularning katta miqdordagi pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritayotgan shaxslarni qo‘lga olganligi haqida xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, S.A. va E.F. Hi-Tech Bank mansabdor shaxslariga o‘tkazilgan tekshirishlarda aniqlangan kamchiliklarni kamaytirib ko‘rsatish hamda ularga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish chorasini qo‘llamasdan, yengillik berishni va’da qilishib 500 ming dollar pullarini olishgan.

Dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston
O‘zini DXX xodimi deb tanishtirib yarim million dollar olgan tovlamachilar qo‘lga olindi

Bosh prokuraturaning bildirishicha, bu yagona firibgarlik holati emas. Xususan, 22-aprel kuni Bosh prokuratura tomonidan ayblanuvchi Ya.M.ni javobgarlikka tortmaslikni va’da qilib, mansabdor shaxslarga pora sifatida berish uchun uning 200 ming dollar pulini olgan A.S. qo‘lga olindi.

Shuningdek, 2016-2017 yillarda uchta jinoyat ishi bo‘yicha ayblanayotganlarning yaqinlari ishonchiga kirgan F.A., R.R. va D.M. qo‘lga olingan. Ular jinoiy javobgarlikdan qutulish uchun mansabdor shaxslarga 150 ming dollar pora berish kerakligini ta’kidlashgan. Firibgarlar shu tarzda 50 ming dollar va 20 million so‘mga yaqin pulni qo‘lga kiritishgan.

Bosh prokuratura fuqarolarni hushorlikka chaqirib, bunday shaxslar qarmog‘iga ilinib qolmasliklarini so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatida ana shu yo‘l bilan 500 ming dollarni qo‘lga kiritgan shaxslar qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

Yangiliklar lentasi
0