TOShKENT, 25 apr – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Podpolkovnik Vafoyev Maxkam Mirjanovich Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Podpolkovnik Ashrapov Ramazon Axmadxo‘jayevich Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga hamda podpolkovnik Sharipov Shoxruh Shodiyevich Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.