Torontoda odamlar ustiga mikroavtobus haydagan shaxs MDHlik bo‘lib chiqdi

© REUTERS / Saul PortoOfitser politsii delayet snimok pogibshego posle togo, kak furgon protaranil neskolkix chelovek v Toronto
Ofitser politsii delayet snimok pogibshego posle togo, kak furgon protaranil neskolkix chelovek v Toronto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Torontoda 23-aprel kuni mikroavtobus piyodalar ustiga chiqib ketishi oqibatida 10 kishi qurbon bo‘ldi, 16 kishi jarohatlandi.

TOShKENT, 24 apr – Sputnik. Torontoda piyodalar ustiga mashina haydagan shaxsning ismi sharifi e’lon qilindi. U 25 yoshli Alek Minassan bo‘lib chiqdi deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Kecha 23-aprel kuni mikroavtobus piyodalar ustiga  chiqib ketishi oqibatida 10 kishi qurbon bo‘lgan, 16 kishi jarohatlangan edi. Ushbu voqea odam gavjum chorrahada sodir bo‘ldi.

Ushbu jinoyat ataylab amalga oshirilgani ma’lum bo‘lsada, politsiya hozircha buni terakt deb atagani yo‘q. Jinoyatchi voqea joyidan g‘oyib bo‘lgan, lekin keyinchalik politsiya tomonidan qo‘lga olingan.

Kelib chiqishi MDH mamlakatlaridan biri bo‘lgan Minasanning fuqaroligi ham hozircha e’lon qilingani yo‘q. Faqat u Torontoda maktabni bitirgani ma’lum. Ushbu jinoyatni amalga oshirishi sabablari ham ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, Kanadaning Toronto shahrida 22 — 24-aprel kunlari "Yettilik guruhi" uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSh, Fransiya va Yaponiya tashqi ishlar vazirlari ishtirok etmoqda. Uchrashuv mavzusi — "Xavfsiz dunyo qurish yo‘lida".

Yangiliklar lentasi
0