Tursinxon Xudoyberganovga favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasi yuklatildi

© Spuntik / Vladimir FedorenkoPustoe kreslo
Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
General-mayor Abdulla Qo‘ldoshev favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.

TOShKENT, 23 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti davlat maslahatchisi Tursinxon Xudoyberganov favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini ham bajaradi, deb xabar qildi FVV matbuot xizmati.

Xudoyberganovga vazirlik vazifasi yuklatilgan, ya’ni, u davlat maslahatchisi lavozimini tark etmagan holda, vaqtincha vazir vazifasini bajaruvchi bo‘lgan.

Tursinxon Xudoyberganov 2010-2016 yillarda ham aynan shu lavozimda ishlagan, 2017-yilning yanvarida prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi. O‘shanda uning o‘rniga Rustam Mirzayevich Jo‘rayev O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vaziri bo‘lgandi. 2018-yilning fevralida Rustam Jo‘rayev Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Shuningdek, general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.

Yangiliklar lentasi
0