Mirziyoyev: Turkmaniston bilan muhokama etilmagan masalalar qolmadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPreziden Shavkat Mirziyoyev prinyal v rezidensii Kuksaray Turkmenbashi Gurbanguli Berdimuxammedova
Preziden Shavkat Mirziyoyev prinyal v rezidensii Kuksaray Turkmenbashi Gurbanguli Berdimuxammedova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasida hal etilmagan masalalar yo‘q, dedi jurnalistlarga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev

TOShKENT, 23 apr — Sputnik. 2017-yil O‘zbekiston va Turkmaniston munosabatlarida tarixiy yil bo‘ldi, deb ta’kidladi dushanba kuni Ko‘ksaroyda OAV vakillariga qilgan murojaatida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: O‘zbekiston TAPI loyihasida ishtirok etadi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bugun 23-aprel kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Ko‘ksaroy qarorgohida ikki davlat prezidentlari tor doirada uchrashuv o‘tkazdilar va so‘ngra OAV vakillariga murojaat qildilar.

OAV vakillari bilan uchrashuvda, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil O‘zbekiston va Turkmaniston munosabatlarida tarixiy yil bo‘lganini qayd etdi.

"Bugungi uchrashuv davomida ham barcha masalalarni muhokama qilib oldik, bugungi uchrashuvimiz ham juda samarali bo‘ldi, o‘rtada hal etilmagan masalalar qolmadi", — dedi Mirziyoyev.

Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti bugungi uchrashuv davomida imzolangan hujjatlarni ertangi kundagi munosabatlarning ishonchli garovi deya qo‘shimcha qildi.

Yangiliklar lentasi
0